AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 602 km yangi elektr liniyalari quriladi

Shavkat Mirziyoyev energetika loyihalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda elektr tarmoqlarini kengaytirish va yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

'O‘zbekistonda 602 km yangi elektr liniyalari quriladi'ning rasmi

O‘zbekistonda yaqin yillarda jami 602 kilometr uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elekt uzatish liniyalari quriladi. Bu orqali yangi ishga tushirilayotgan generatsiya quvvatlarini iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berish ta’minlanadi.

Yig‘ilishda, shuningdek, 2030 yilgacha "Yangi Angren – Namangan" elekt tarmog‘i va yangi nimstansiyalar barpo etilishi, Toshkent shahrida esa o‘nlab kilometr tarmoqlar qurilib, yuzlab transformator punktlari modernizatsiya qilinishi belgilandi.

Prezident ayrim loyihalarda sustkashliklarga yo‘l qo‘yilganini tanqid qilib, ularni jadallashtirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar