AsosiyDunyo

Berlinda terakt sodir etilishida ayblangan shaxs otishmada yo`q qilindi

Berlinning rojdestvo bozorida terakt sodir qilishda ayblangan shaxs Italiyaning Milan shahrida otishmada otib o`ldirildi, deb xabar berdi “Mir24.tv” nashri.

19 dekabr kuni Berlinda rojdestvo bozori bo`layotgan joyda yuk mashinasi olomonni bosib ketgan. Oqibatda 12 kishi halok bo`lgan, 48 kishi yaralangan edi.

Nemis huquq-tartibot idorasi xodimlari teraktni tunislik 24 yoshli Anis Amri amalga oshirganini aniqladi. Yuk mashinasi ichidan uning barmoq izlari va unga tegishli buyumlar borligi aniqlangan. 

Terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga olgan.

Boshqa yangiliklar