Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lganidan so‘ng, o‘tish davrida mamlakatni Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, sud hokimiyati rahbari G‘olam Husayn Mohseni-Ejei hamda Konstitutsiya posbonlari kengashi a’zosi boshqaradi. Bu haqda Eron OAVsi yozmoqda.
Xomanaiyning maslahatchisi Muhammad Mohxber hokimiyatning bunday tarzda o‘tishi Eron Konstitutsiyasining 111-moddasida belgilab qo‘yilganini ma’lum qildi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Eron Konstitutsiyasiga ko‘ra, Oliy rahbar vafot etgan yoki o‘z vazifasini bajara olmay qolgan taqdirda, yangi rahbar saylangunga qadar uning vakolatlarini yuqorida zikr etilgan uch kishidan iborat Muvaqqat kengash amalga oshiradi.






