AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sabab fuqarolarni xorijga chiqish masalasida ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.

'Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi'ning rasmi

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mintaqadagi beqarorlik va ayrim davlatlar tomonidan havo hududidan foydalanishga joriy etilgan vaqtincha cheklovlar xalqaro aviaqatnovlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu reyslarning bekor qilinishi yoki kechiktirilishiga, tranzit yo‘nalishlarining yopilishiga olib kelishi ehtimoldan holi emas.

Shu munosabat bilan fuqarolarga Yaqin Sharq yo‘nalishidagi ziyorat, tijorat, dam olish va boshqa safarlarni vaziyat barqarorlashgunicha kechiktirish tavsiya etildi.

Xorijda bo‘lib turgan yurtdoshlardan esa hushyor bo‘lish, gavjum joylarga bormaslik va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada qolish so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar