AsosiyJamiyat

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.

2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyatiga Parij shahridan nufuzli xalqaro meʼmoriy mukofot — Prix Versailles tanlov qoʻmitasidan rasmiy maktub kelib tushdi.

'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.'ning rasmi

Maktubda Islom tsivilizatsiyasi markazi 2026 yil uchun dunyodagi eng go‘zal muzeylar global ro‘yxatiga kiritilgani ma’lum qilingan. Ushbu reyting innovatsionlik, kreativ yondashuv, milliy merosni aks ettirish hamda ekologik samaradorlik kabi qat’iy mezonlar asosida shakllantiriladi. Prix Versailles bosh kotibi Jerom Guaden o‘z maktubida mazkur saralash munosabati bilan samimiy tabriklar yo‘llab, Markazning 2026 yilgi ro‘yxatda ishtirokini tasdiqlash bo‘yicha rasmiy yo‘riqnomani ham taqdim etgan.

Prix Versailles — zamonaviy me’moriy, madaniy va estetik muhitni shakllantiraotgan eng ilg‘or loyihalarni har yili e’tirof etuvchi dunyodagi eng nufuzli mukofotlaridan biri hisoblanadi. Islom tsivilizatsiyasi markazining mazkur ro‘yxatga kiritilishi uning konsepsiyasi, ramziy ma’nodorligi hamda Yevroosiyo gumanitar makoni rivojiga qo‘shayotgan hissasining xalqaro miqyosda e’tirof etilganini anglatadi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Markaz nafaqat 2026 yilning eng go‘zal muzeylari ro‘yxatiga kiritilgan, balki 2026 yil uchun uchta oliy jahon unvonlaridan biriga da’vogarlik qilish huquqini ham qo‘lga kiritgan. Bular — Grand Prix Versailles, «Interyer» nominatsiyasi yoki «Eksteryer» nominatsiyasidir. Jahon unvonlari sohiblarini tantanali e’lon qilish marosimi 2026 yil yakunida Parij shahridagi YUNESKO qarorgohida yoki Mukofot kotibiyati tomonidan belgilanadigan boshqa qabul qiluvchi shaharda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Prix Versailles global ro‘yxatiga kiritilishi Markazning mintaqaning me’moriy dominatasi va O‘zbekistonning zamonaviy madaniy yuksalish ramzi sifatidagi maqomini yanada mustahkamlaydi. Ushbu qaror mamlakati-miz Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning mualliflik loyihasi zamonaviy muzey va madaniy tashabbuslar orasida eng ahamiyatlilaridan biri sifatida yuqok baholanganini tasdiqlaydi», — deydi Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov.

Uning ta’kidlashicha, Markaz bugunning o‘zida-yoq Markaziy Osiyodagi eng yirik gumanitar va ilmiy-madaniy majmua sifatida jahonda tan olingan.

Bunga Islom tsivilizatsiyasi markazining Smithsonian Magazine, BBC Travel, BBC History va National Geographic kabi nufuzli xalqaro nashrlar va reytinglarda e’tirof etilgani yaqqol dalil bo‘ladi. Bu esa Markazni Lucas Museum of Narrative Art (Los-Anjeles), National Geographic Museum of Exploration (Vashington, D.C.), London Museum (London) kabi jahon miqyosidagi yirik muzey tashabbuslari bilan bir qatorga qo‘yadi. Avvalroq CNN telekanali Islom tsivilizatsiyasi markazini «zamonaviy davrning eng ko‘lamli madaniy loyihalaridan biri» deb ta’riflab, uning o‘ziga xos fazoviy ko‘rsatkichlarini alohida ta’kidlagan: inshoot o‘z o‘lchamlari jihatidan mashhur Hollywood yozuvidan to‘rt barobar baland va Oq uydan yetti barobar kattadir.

Bunday xalqaro e’tirof O‘zbekistonning jahon madaniy xaritasidagi o‘rni izchil mustahkamlanayotganini yaqqol namoyon etadi.

O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazining ochilishi 2026 yil mart oyiga rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Netanyahu o'ldimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    Netanyahu o'ldimi?

    Eron uning ofisiga zarba berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:30

    'Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi

    Hodisa oqibatida obyekt hududida yong‘in yuzaga kelgan.

    'Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари асосида иш қўзғатилган.

    'Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sabab fuqarolarni xorijga chiqish masalasida ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.