Isroil Saudiya Arabistonidagi Ras-Tanura shahrida joylashgan Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga (NQIZ) qarashli qilingan hujum ortida turgan. Bu haqda Eronning "Tasnim" nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni neft obyektlarni Eron hujumlarining nishonlari qatoriga kirmagan.
Agentlik manbasining ta'kidlashicha, Saudiya Arabistonining Ras-Tanura hududidagi neft zavodiga dron qoldiqlari tushishi oqibatida yong'in chiqqan, biroq hech kim jabrlanmagan va bu hodisa neft ta'minotiga ta'sir qilmagan.
Manbaning fikricha, hujum "soxta bayroq" ostida amalga oshirilgan bo'lishi mumkin va uning maqsadi Eronga qarshi harbiy operatsiyalar va fuqarolik obyektlariga qilingan zarbalardan e'tiborni chalg'itishdir.
Shuningdek, agentlik razvedka ma'lumotlariga tayanib, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Fujayra porti ham Isroil operatsiyasining keyingi nishonlaridan biri bo'lishi mumkinligini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, kecha, 2 mart kuni Saudiya Arabistonidagi Ras-Tanura shahrida joylashgan Saudi Aramco neftni qayta ishlash zavodiga (NQIZ) zarba berilgandi. Bu ish Eron droni tomonidan amalga oshirilgani iddao qilingan.
Saudi Aramco – Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi bo'lib, dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Kompaniya Saudiya byudjeti daromadlarining 80 foizigacha manba bo'lib xizmat qiladi. Uning bosh qarorgohi Dahron da joylashgan. "Forbes Global 2000" ro'yxatida u dunyoning eng yirik kompaniyalari orasida beshinchi o'rinni egallagan.






