AsosiyJINOYAT

Dronda kelgan 2 kilogramdan ortiq opiy ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Dronda kelgan 2 kilogramdan ortiq opiy ushlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida Amudaryo orqali dron yordamida O‘zbekistonga giyohvand modda olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, Afg‘oniston tomonidagi noma’lum shaxslar uchuvchisiz uchish apparati orqali narkotik moddani mamlakat hududiga olib o‘tishga uringan.

Tezkor choralar natijasida dron ushlandi. Unga mahkamlangan 2 kilogramm 32 gramm opiy ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar