Qatarda 11 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Unda qayd etilishicha, Toshkent shahrida tug‘ilgan 11 yoshli M.A. Qatardagi safari davomida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh qismidan olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan.
O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan vafot etgan bolaning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Bu haqda ma’lumot kelib tushishi bilan diplomatik vakolatxona tomonidan Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda tezkor zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etish choralari ko‘rilgan.






