Viloyat IIM ma’lumotiga ko‘ra, ular qarzdorlardan pul undirish bilan shug‘ullanib, to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda shaxs va uning oila a’zolarini o‘ldirish bilan tahdid qilgan.
Tergovga ko‘ra, guruh tadbirkor buyurtmasi asosida 520 million so‘m talab qilgan va turli yo‘llar bilan katta miqdordagi mablag‘ni qo‘lga kiritgan.
Hozirda guruh a’zolari va buyurtmachiga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.






