AsosiyJamiyat

Kiberxavfsizlik markazi tizimlariga kiberhujum bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar asossiz ekani ma’lum qilindi.

'Kiberxavfsizlik markazi tizimlariga kiberhujum bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kiberxavfsizlik markazi ichki tizimlariga buzib kirilgani va xodimlar ma’lumotlari sizdirilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida markazning axborot tizimlariga hech qanday ruxsatsiz kirish holatlari aniqlanmagan. Shuningdek, muassasa faoliyatida bunday turdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilmasligi ta’kidlangan. Mutasadidlar amaldagi qonunchilikka ko‘ra, har bir sayt egasi yoki blogger internetga ma’lumot joylashtirishdan avval uning ishonchliligini tekshirishi shartligini eslatdi. Agar xabar yolg‘on ekani aniqlansa, u darhol o‘chirilishi lozim. Foydalanuvchilardan asossiz xabarlarga ishonmaslik va faqat rasmiy manbalarga tayanilishi so‘raldi.

    Boshqa yangiliklar