AsosiyDUNYO

AQShdagi jazirama 250 yillik bayram tadbirlari va Jahon chempionatiga tahdid solmoqda

Кучли иссиқ Жаҳон чемпионати Филадельфиядаги Франция–Парагвай ўйинларига ҳам таъсир қилиши мумкин.

'AQShdagi jazirama 250 yillik bayram tadbirlari va Jahon chempionatiga tahdid solmoqda'ning rasmi

AQShning katta qismini qamrab olgan kuchli issiqlik to'lqini mamlakatning 250 yillik Mustaqillik bayrami tadbirlari hamda FIFA Jahon chempionati o'yinlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi.

"World Weather Attribution" xalqaro tadqiqot guruhi ma'lumotiga ko'ra, AQSh va Kanadaning ayrim hududlarida kuzatilayotgan yuqori harorat va namlikka "issiqlik gumbazi" deb ataluvchi atmosfera bosimi tizimi sabab bo'lmoqda.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, agar Yer atmosferasining o'rtacha harorati sanoatlashuvdan oldingi darajadan 1,4 darajaga oshmaganida, bunday hodisa ming yilda ham bir marta kuzatilmas edi.

Imperial College tadqiqotchisi Teodor Kippining aytishicha, bugungi AQSh iqlimi mamlakat Mustaqillik deklaratsiyasi imzolangan davrdan keskin farq qiladi. Jazizrama sabab Vashingtonda o'tkazilayotgan bayram tadbirlarining bir qismi qayta ko'rib chiqilgan. Issiqlik oqibatida bir necha kishiga tibbiy yordam ko'rsatilgan, ayrimlari shifoxonaga yotqizilgan.

Kuchli issiq FIFA Jahon chempionati o'yinlariga ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xususan, Filadelfiyadagi Fransiya–Paragvay uchrashuvi yuqori harorat va namlik sharoitida o'tishi kutilmoqda. Mutaxassislar bunday ob-havo o'yinlarni kechiktirish yoki vaqtni o'zgartirishga sabab bo'lishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Pensilvaniyadagi ommaviy tadbirda 100 dan ortiq kishi issiqlik sabab tibbiy yordamga muhtoj bo'lgani, hududga qo'shimcha tez yordam xizmatlari jalb etilgani ma'lum qilindi.

Shuningdek, Amtrak kompaniyasi yuqori harorat tufayli AQSh shimoli-sharqidagi 20 dan ortiq poyezd reyslarini bekor qildi.

Mutaxassislar ta'kidlashicha, bu holatlar iqlim o'zgarishi va issiqxona gazlarini qisqartirish zarurligini yana bir bor ko'rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    AQShdagi jazirama 250 yillik bayram tadbirlari va Jahon chempionatiga tahdid solmoqda - Darakchi.uz