AsosiyDUNYO

Xomanaiyning o'g'li dafn marosimda ishtirok etmadi

Isroil tomonidan manzilni aniqlash yoki nishonga olish xavfi Mojtaba Xomanaiyning marosimda qatnashmasligiga sabab bo‘lgan.

'Xomanaiyning o'g'li dafn marosimda ishtirok etmadi'ning rasmi

Eron oliy rahnamosi Mojtaba Xomanaiy otasi — marhum Oyatulloh Ali Xomanaiyni dafn marosimida ishtirok etmadi. Bu haqda The New York Times maʼlumotiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 5 iyul kuni Tehronda Ali Xomanaiyga janoza namozi oʻqilishi kutilgan, vidolashuv marosimlari esa mamlakatning beshta shahrida oʻtkazilib, 9 iyulgacha davom etadi. Biroq hozirgacha Mojtaba Xomanaiy marosimlarda koʻrinmagan.

Marosimni tashkil etish qoʻmitasi rahbari Akbar Purjamshidiyon avvalroq dafn marosimida ishtirok etish masalasi uning vakolatiga kirmasligini bildirgan edi. Shunga qaramasdan, koʻplab tarafdorlar uni marosimda koʻrishga umid bildirgan.

Manbalarga koʻra, xavfsizlik bilan bogʻliq ehtimoliy tahdidlar, jumladan, Isroil tomonidan uning manzilini aniqlash yoki nishonga olish xavfi Mojtaba Xomanaiyni marosimda ishtirok etmasligiga sabab boʻlgan.

Shu bilan birga, baʼzi manbalar oliy rahnamoning oʻzi ham dafn marosimining ayrim qismlarida ishtirok etish istagini bildirganini qayd etgan. U 9 iyul kuni Mashhad shahridagi Imom Rizo ziyoratgohida oʻtkazilishi rejalashtirilgan marosimda ishtirok etib, otasi haqiga duo qilishni xohlagani aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, Tehronda 3 iyul kuni Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari boshlangan boʻlib, unda xorijiy delegatsiyalar, jumladan, Oʻzbekistondan ham vakillar ishtirok etgani qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar