AsosiyJamiyat

Ombudsmanning yangi rasmiy veb-sayti, virtual qabulxonasi va “Ishonch telefoni” taqdimoti bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)ning yangi www.ombudsman.uz rasmiy veb-sayti, virtual qabulxonasi va “Ishonch telefoni” taqdimoti bo`ldi. 

Veb-sayt muntazam ravishda inson huquqlariga doir me`yoriy-huquqiy hujjatlar, tahliliy maqolalar, sohaga doir so`nggi yangiliklar bilan boyitib borilmoqda. Virtual qabulxona orqali O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, O`zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar murojaat qilishi mumkin. Bunda elektron imzo talab etilmaydi, deya xabar beradi O`zA. 

Sayt orqali Ombudsmanning fuqoralarning murojaatlarini ko`rib chiqish amaliyoti natijalari, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan muntazam axborot berib boriladi. 
 

    Boshqa yangiliklar