Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida O‘zbekistonda 879,6 mingga yaqin tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan hududlar orasida Namangan shahri yetakchilik qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda O‘zbekiston bo‘yicha jami 879 599 ta tirik tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan tuman va shaharlar reytingi ham shakllantirildi
Unga ko‘ra, Namangan shahri 18 524 ta tug‘ilish bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati Urgut tumani (16 212 ta) va Andijon shahri (14 581 ta) joylashgan.
Shuningdek, ro‘yxatdan Denov tumani (12 406 ta), Samarqand shahri (11 819 ta), Pastdarg‘om tumani (9 782 ta), Koson tumani (9 159 ta), Qamashi tumani (9 115 ta), Toshkent shahrining Olmazor tumani (9 035 ta) hamda Asaka tumani (8 266 ta) o‘rin olgan.






