AsosiyJamiyat

Трампнинг маслаҳатчилари уни Эронга қарши урушдан чиқиш йўлини топишга ундамоқда

Maslahatchilar neft narxlarining oshishi va uzoq davom etadigan mojaro siyosiy norozilikka sabab bo‘lishi mumkinligidan havotirda.

'Трампнинг маслаҳатчилари уни Эронга қарши урушдан чиқиш йўлини топишга ундамоқда'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trumpning bir nechta maslahatchilari so‘nggi kunlarda unga Eron bilan urushdan chiqish uchun reja ishlab chiqishni tavsiya qilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Eron bilan bog‘liq mojarolarda ishtirok etishni to‘xtatish neft narxlarining oshishi va uzoq davom etadigan mojaro oqibatida paydo bo‘layotgan xavotirlar fonida muhim hisoblanadi. 

Shuningdek, AQSh ma’muriyatining vakili AQSh harbiy ustunlikka ega bo‘lib turgan bir paytda, Trump urushni faqat qoniqarli g‘alabaga erishsagina to‘xtatishi mumkinligini ma’lum qilgan.

“Trump Eronning AQSh va Isroilning tinimsiz qo‘shma harbiy kampaniyasiga qaramasdan taslim bo‘layotganidan hayratda qolmoqda,” — deya qo‘shimcha qilgan mansabdor.

    Boshqa yangiliklar