Shanba kuni Berlin aholisi shaharning qoq markazidagi hukumat kvartallaridan birida joylashgan supermarketda xaridni amalga oshirayotgan Angela Merkelga duch kelishdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun GFR kansleri uch nafar tan soqchisi hamrohligida bordi. Merkel kartoshka, qalampir, konfet va tvorog sotib oldi. Xaridning ichida Yangi yil dasturxonining ko`rki bo`lgan g`oz va spirtli ichimliklar ko`rinmadi. Xarid narxi yuz evrodan oshmadi. U do`konga o`ziga tegishli elim xaltani ko`tarib keldi.





