Kecha, 9 mart kuni Turkiya havo hududida Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketa urib tushirilishi ortidan, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Eronning Anqaradagi elchisi Muhammad Hasan Habibullohzodani chaqirtirdi.
Anadolu xabariga ko‘ra, elchiga ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirgani bo‘yicha norozilik bildirilgan va bunga tushuntirish berish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hoqon Fidan Erondan Turkiyaga yo‘naltirilgan raketa haqida bayonot berib, Anqarini keskin ogohlantirgan edi. Shundan so‘ng ikkinchi bor Eron raketa Turkiya havo hududida urib tushirildi.
Rajab Toyib Erdo‘gan mazkur hodisa munosabati bilan Mas'ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali suhbatlashib, Turkiya havo hududini buzmaslikka chaqirgan.





