AsosiyDunyo

Netanyahu Mujtaboni o‘ldirish bilan tahdid qildi

Эронга қарши уруш бошланганидан буён илк бор матбуот анжумани ўтказди.

'Netanyahu Mujtaboni o‘ldirish bilan tahdid qildi'ning rasmi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronning yangi oliy rahnamosi Mujtabo Xomanayini o‘ldirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Netanyaxu Eron qarshi urush boshlangandan buyon ilk bor matbuot anjumani o‘tkazdi. U mazkur tadbirda Eron "endi avvalgidek emas"ligini, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Basij yarimharbiy kuchlariga zarba berilganini aytdi.

Isroil bosh vaziri urushga qo‘shilgan Livanning "Hizbulloh" guruhiga qarshi hujumlar davom etishini aytdi. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanayiy 28 fevral kuni havo hujumlari oqibatida o‘ldirilganidan so‘ng 2 mart kuni "Hizbulloh" Isroilga qarshi zarbalar berishni boshladi. Livan guruhini buni Xomanayiy o‘limi uchun qasos deb atadi. Eronning o‘ldirilgan oliy rahnamosi o‘rnini uning o‘g‘li Mujtabo Xomanayiy egalladi.

Netanyaxudan Eronning yangi oliy rahnamosi va "Hizbulloh" yetakchisiga qarshi qanday choralar ko‘rilishi haqida so‘raldi.

"Men terrorchi tashkilot rahbarlaridan birortasiga ham hayot sug‘urtasi polisisini bermagan bo‘lardim... Bu yerda nimalarni rejalashtiryotganimiz yoki nima qilmoqchi ekanimiz haqida aniq hisobot berish niyatim yo‘q", deya javob berdi Isroil bosh vaziri.

Isroil Eronga hujumdan maqsad Tehrunning yadroviy va ballistik raketa dasturlari tufayli yuzaga kelayotgan "ekzistensial tahdidni bartaraf etish" ekanini ma'lum qilgan. Shuningdek, eronliklarni qo‘zg‘olonga undash orqali hukumat qulatishga chaqirgan.

Urush boshlangandan beri Eronda hukumatga qarshi norozilik alomatlari kuzatilmadi. Netanyaxu hukumat qulmagan taqdirda ham u zaifligicha qolishini aytdi.

"Biz qanday choralar ko‘rayotganimizni batafsil aytmayman. Biz rejimni ag‘darish uchun optimal sharotitlarni yaratmoqdamiz, biroq Eron xalqi rejimni ag‘darar, deb to‘liq ishonch bilan aytolmasligimni inkor qilmayman, rejim ichkaridan ag‘dariladi. Ammo biz, shubhasiz, yordam bera olamiz va yordam beryapmiz ham", dedi Netanyaxu.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2026 12:38

    Isroilning zarbalari oqibatida Bayrutda sakkiz kishi halok bo‘ldi

    Isroilning usbu hujumi sui-qasd sifatida baholanmoqda.

    'Crocus теракти ижрочилари неча йилга қамалиши маълум қилинди'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2026 09:42

    Crocus теракти ижрочилари неча йилга қамалиши маълум қилинди

    Ular yazoning bir qismini qamoqda, bir qismini esa maxsus tartibli koloniyada o'tashi kerak bo'ladi.

    'Mug‘tabo Homanaiy yaralanganligi tasdiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 12.03.2026 09:24

    Mug‘tabo Homanaiy yaralanganligi tasdiqlandi

    Eronning yangi Oliy rahbari Mujtaba Xamaneiy yaralangan, biroq uning ahvoli yaxshi.

    'Mujtaba Homayounining yaralanganini Eron rad etdi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2026 11:48

    'Kim Chen In qizi bilan strategik raketa sinovini kuzatdi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2026 10:55

    Kim Chen In qizi bilan strategik raketa sinovini kuzatdi

    Sinov “Choe Hyon” bortida amalga oshirilgan.

    'Eron Hurmuz bog‘ozini minalashtirishni boshladi'ning rasmi

    Dunyo 11.03.2026 07:34

    Eron Hurmuz bog‘ozini minalashtirishni boshladi

    AQSh harbiylari Eronning mina o'rnatuvchi 16 ta kemasini yo'q qilganini ma'lum qildi.