Bugun, 15 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy kongilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:18 da tumanning Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Park in Mall oilaviy kongilochar savdo markazi 3-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:19 da yetib borib, yong‘in soat 13:28 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Aytilgan manzilda Park in Mall oilaviy kongilochar savdo majmuasining 3-qavati 25 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Park in Mall oilaviy kongilochar savdo markazi binosi hozirgi vaqtda foydalanishga topshirilmagan va yong‘in sodir bo‘lgan joy bolalar o‘yingohida sodir bo‘lmagan.






