AsosiyDunyo

Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV

Isroilning Dimona shahridagi yadroviy reaktor loyihasining katta qismi Gʻarbiy Germaniya tomonidan yashirin moliyalashtirilgani aytilmoqda.

'Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV'ning rasmi

Haaretz nashri xabariga ko‘ra, 1961–1973 yillar oralig‘ida Bonn hukumatı maxfiy kredit tizimi orqali Isroilga har yili 140–160 million nemis markasi o‘tkazgan. Umumiy summa qariyb 2 milliard markani tashkil etib, bugungi hisobda taxminan 5 milliard yevroga teng.

Rasmiy hujjatlarda bu mablag‘lar “Negev hududini rivojlantirish” uchun yordam sifatida ko‘rsatilgan. Biroq nashr ma’lumotiga ko‘ra, pullar aslida Isroilning yadroviy dasturini qo‘llab-quvvatlashga sarflangan.

Ma’lum qilinishicha, bu kelishuv 1960 yilda Isroil Bosh vaziri David Ben-Gurion va Germaniya kansleri Konrad Adenauer o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng boshlangan. Bu qaror Germaniyaning Holokostdan keyin Isroil xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan.

Texnik yordamni asosan Frantsiya bergan bo‘lsa-da, nashrga ko‘ra, loyiha uchun zarur mablag‘larning katta qismi Germaniya davlat byudjetidan yashirin tarzda ajratilgan.

    Boshqa yangiliklar