AsosiyDunyo

Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi

Iroq Mudofaa kuchlari kecha kechasi Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga yo‘naltirilgan dron hujumini qaytardi.

'Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi'ning rasmi

16 mart kuni kechasi Bag‘doddagi AQSh elchixonasi yaqinida portlash ovozi eshitildi. Bu haqda “Al-Jazeera” telekanali xabar berdi.

Hujumdan bir necha soat oldin “Al-Rashid” mehmonxonasi dron zarbasiga uchragan, binoning yuqori qavatlarida Yevropa Ittifoqi va Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonalari joylashgan.

Mazkur binolar “Yashil hudud”da joylashgan bo‘lib, u yerda xorijiy elchixonalar va hukumat ob’yektlari mavjud. Iroq armiyasi Oliy bosh qo‘mondoni vakili Saboh an-Numan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hujumlarni tekshirish va aybdorlarni aniqlish topshirilganini ma’lum qildi.

Harbiy tahlilchilar ta’kidlashicha, Eron muntazam ravishda Yaqin Sharqdagi AQSh va Isroilga tegishli ob’yektlar, shu jumladan Iroqdagi hududlarga ham hujumlar amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar