AsosiyJAMIYAT

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi boshqargan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

O'smirning otasi farzandi ertalab oila a'zolarining ruxsatisiz uyga tegishli avtomobilni olib chiqib ketganini bildirgan.

'Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi boshqargan BYD avtobus bilan to‘qnashdi'ning rasmi

Toshkent shahrida 9-sinfni bitirgan o‘smir boshqaruvidagi BYD rusumli avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 15 iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Toshkent shahridagi 64-maktabning 9-sinfini bitirgan ikki nafar o‘quvchi davlat raqam belgisi echib qo‘yilgan BYD avtomobilida yo‘lga chiqqan.

Haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan o‘smir harakatlanish vaqtida transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, "Yutong" rusumli yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga kelib urilgan.

YHHX ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

O‘smirning otasi farzandi ertalab oila a’zolarining ruxsatisiz uyga tegishli avtomobilni olib chiqib ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yganligi uchun uning otasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi boshqargan BYD avtobus bilan to‘qnashdi - Darakchi.uz