AsosiyJAMIYAT

Besh oyda O‘zbekistonga 5,3 milliondan ortiq turist keldi

Mazkur ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 million nafarga yoki 27,3 foizga oshgan.

'Besh oyda O‘zbekistonga 5,3 milliondan ortiq turist keldi'ning rasmi

2026 yilning yanvar–may oylari davomida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 5 million 351 ming 868 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 million nafarga yoki 27,3 foizga oshgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p turist Qirg‘iz Respublikasidan kelgan bo‘lib, ularning soni 1 million 539 ming 503 nafarni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlardan Qozog‘iston va Tojikiston joy olgan. Ushbu davlatlardan mos ravishda 1 million 246 ming 689 nafar va 1 million 211 ming 60 nafar fuqaro O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Shuningdek, hisobot davrida Rossiyadan 465 ming 885 nafar, Afg‘onistondan 198 ming 910 nafar, Xitoydan 178 ming 121 nafar, Turkmanistondan 136 ming 997 nafar, Turkiyadan 78 ming 312 nafar, Hindistondan 20 ming 807 nafar hamda Germaniyadan 18 ming 291 nafar turist O‘zbekistonga kelgan.

Shunday qilib, Markaziy Osiyo davlatlari O‘zbekistonga eng ko‘p turist yuborgan mamlakatlar sifatida yetakchilikni saqlab qolmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zelenskiy Putinni G7 sammiti doirasida uchrashuvga chaqirdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:20

    Zelenskiy Putinni G7 sammiti doirasida uchrashuvga chaqirdi

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, zarbalar oqibatida kamida 10 kishi halok bo'lgan.

    'Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi boshqargan BYD avtobus bilan to‘qnashdi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 04:18

    Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi boshqargan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

    O'smirning otasi farzandi ertalab oila a'zolarining ruxsatisiz uyga tegishli avtomobilni olib chiqib ketganini bildirgan.

    'Navoiyda 3 kishining o'limiga sabab bo'lgan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi'ning rasmi

    JAMIYAT 15.06.2026 16:15

    Navoiyda 3 kishining o'limiga sabab bo'lgan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi

    Sudda so‘z olgan haydovchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, hodisa suv ichish vaqtida chalg‘ib qolgani sababli yuz berganini aytgan.

    'Osiyo mundialni mag'lubiyatsiz boshladi'ning rasmi

    JAMIYAT 15.06.2026 15:46

    Osiyo mundialni mag'lubiyatsiz boshladi

    Endi navbat O'zbekistonga.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 15.06.2026 13:04

    ''ning rasmi

    JAMIYAT 15.06.2026 10:46