O`zbekistondagi ilk internet radio "Sog`inch sadosi" da har shanba kuni efirga uzatiladigan “Sayyod shou” loyihasining navbatdagi sonida xonanda Kaniza mehmon bo`ldi, deb yozadi “Sayyod”.
Loyihada Kaniza “Million” qiqziqchilar jamoasining sentyabr oyida bo`lib o`tgan konsert dasturidagi qaltis xazillari sabab oilasi buzilayotganini ma`lum qilgan.
Uning aytishicha, Kaniza sahnada kuylayotganida orqa ekranda uyatsiz so`zlarga shama bo`lgan gaplar yozilgan. Kaniza bu so`zlarni o`zining sha`niga haqorat deb bilishini ma`lum qilgan.
Konsert dasturining disklari sotuvga chiqqach va mazkur video internetga joylangach bu mavzu yana ko`tarilgan. Kanizaning konsert dasturidagi ishtiroki shov-shuvga aylanib, unga va onasiga odamlar xatlar yoza boshlagan.
“Sayyod”ning yozishicha, Kaniza efirda bu haqida gapira turib, shu sababli ham oilasi buzilganini aytib yig`lab yubordi.
“Efirga qo`shiq qo`yilgan payti, efirdan tashqarida esa Kanizaning onasi radio bilan bog`lanib, "Million" jamoasi konsertida Kaniza kuylayotgan payti orqa ekrandagi "Shulxa" so`zini u va boshqalar ham so`kinish va haqorat so`zdek tushunganini va bunday shama sifatida qo`llanilib, kulgu qilinganligidan qattiq ranjiganini aytib u ham yig`ladi”,—deyiladi xabarda.
Kanizaning onasi ayni damda xorijda bo`lib, bu narsadan qattiq ranjigan va har kuni yig`layotganini aytgan.
Kaniza esa bu so`zni ko`rmagani va konsertdan keyin esa gapirganlar bu o`simlik ekanini aytishgan. Shunday bo`lsa ham Kaniza Davron Kabulov bilan bir necha bora bog`lana olmagani, keyin yodidan chiqib disk sotuvga va internetga chiqqach odamlarning tinmay bu haqida gapirib kulishayotganidan nafaqat shaxsiy hayoti barbod bo`lgani, balki ota-onasi va qarindoshlari bilan ham munosabatlari taranglashayotganini bildirgan.
Kanizaning e`tirozi sabab internetdan “Million” jamoasi konserti olib tashlangan. Endilikda Kaniza sotuvdagi lisenzion disklar xam qaytarib olinib, uning ishtiroki olib tashlanib, Davron Kabulov OAVda rasman uzr so`ramagunicha u ishni oxirigacha olib borishini bildirgan.