1

Tomoq og`rig`iga kivi, burun qonaganida shakar...

Salomatlik 27.12.2016, 09:56
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Tomoq og`rig`iga kivi, burun qonaganida shakar...

— Bosh og`riqlari, tomoq-burun bilan bog`liq bezovtaliklar barchani birdek tashvishga soladi. Albatta, har qanday vaziyatda ham shifokorga murojaat qilgan ma`qul. Unga qadar esa uy sharoitida ba`zi xalqona usullarni sinab ko`rsa ham bo`ladi.

Asalari elimidan...

Oyoqning tovon sohasidagi qavariqlar dag`allashib, yaraga aylanganida quyidagi usulni sinab ko`ring: moychechak yoki isiriq qaynatmasida oyoqni vanna qiling. So`ng asalari elimini barmoqlaringiz orasiga olib, yumshating-da, yara ustidan surting. Paypoq kiyib ertalabgacha qoldiring. Muolajani haftasiga 2-3 marta takrorlash mumkin.

Angina boshlanayotganida...

Yutinganingizda tomoqda og`riq sezilayaptimi, sizga kivi mevasi yordam berishi mumkin. Bitta kivini archib, to`g`rab oling. So`ng asta-sekinlik bilan iste`mol qiling. Meva sharbati og`riq nuqtasini ta`sirlantirib, bezovtalikni engillashtiradi.

Burun qonaganida...

Bolalar va kattalardagi burun qonashini shakar bilan to`xtatish mumkin. Buning uchun burni qonayotgan odamga  (bolalarga 1 choy qoshiq, kattalarga 1 osh qoshiq) shakar ediring. So`ngra suyuqlik ichilmaslik lozim. Keyin burunni chayqab, peshanasiga nam sochiq qo`ying.

Ovoz dag`allashganida...

Qirg`ichdan o`tkazilgan bitta sholg`omni 1 stakan qaynagan suvda damlang-da, ustini sochiq bilan o`rab, ikki soatga qoldiring. So`ng dokadan o`tkazib, kuniga 5 mahal oz-ozdan qabul qilasiz. Muolaja davomiyligi 7 kun.

Osteartroz kuzatilganida...

Asosiy muolaja bilan birgalikda bir kunda 1-2 mahal ovqatdan oldin 1 osh qoshiqdan qoqi o`t (momoqaymoq) iste`mol qilinadi. Shuningdek, qoqi o`tni sabzavotli salatga qo`shib, eyish ham mumkin.

Quvvatsizlikda...

 Kunora ertalab, och qoringa bitta qirg`ichdan o`tkazilgan sabzini smetana yoki o`simlik yog`iga aralashtirib, iste`mol qilishga odatlansangiz, avitaminoz, kamqonlik, qabziyat kabilar bezovta qilmaydi. Qolaversa, darmonsizlikka davo bo`lib, quvvatni tiklaydi. Bunisi ma`qul bo`lmasa, kun davomida asal qo`shilgan sabzi (1 stakan) sharbatini ichishingiz mumkin.

N.Ilyosova tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1