Hozircha polisiya AQShning bir necha savdo markazlarida ro`y bergan ommaviy tartibsizliklarning sababini aniqlay olgani yo`q, deb xabar berdi “Regnum.ru” nashri.
Shimoliy Karolinadagi savdo markazidagi ommaviy to`polondan keyin Konnektikut, Manchester, Ogayo savdo markazlarida ham janjal ko`tarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Polisiyaning ma`lumot berishicha, bezorilar bilan bo`lgan “jang”da polisiyachilar ham ishtirok etgan va bir necha odam qo`lga olindi. Manchester shahrida bo`lgan “jang”da yuzga yaqin o`smir qatnashgani tufayli savdo markazidagi odamlar evakuasiya qilindi. Ogayodagi janjalni bosish uchun polisiyachilar ko`zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishga majbur bo`ldi. Guvohlarning xabar berishicha, o`q ovozini eshitgan savdo markazidagi xaridorlar voqea joyidan tezroq qochishga harakat qilgan.
Bunday janjal-to`polonlarga savdo markazlaridagi bayram tufayli narxi arzonlashgan buyumlarni sotib olish uchun o`smirlarning ularni talashganligi sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.