“Million” qiziqchilar jamoasining sentyabr oyida o`tkazilgan konsert dasturidagi xazillar tufayli xonanda Kanizaning oilasi buzilish arafasida ekanligi haqida xabar bergan edik.
Kaniza tomonidan “Million” jamoasiga bunday ayblovlar ilgari surilganidan keyin qiziqchilar sardori Davron Kabulov repitisiya jarayonida xonandaning shaxsan o`zi ishtirok etgani va dasturda sahnalashtirilayotgan xazillardan uning xabari bo`lganini ma`lum qilgan edi.
Bugun Kaniza ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Davron Kabulovga murojaat qildi va uning so`zlariga javob berdi.
“Davron Kabulovning matniga javob bermasam bo`lmaydigan ko`rinadi. Insonga insof kerak! Mavzu nimadayu u nimalarni kavlab yozdi? Tuhmatlar ham evi bilan!”,—deb yozdi Kaniza.
Quyida Kanizaning so`zlarini ayrim tahrirlar bilan e`tiboringizga havola etamiz:
“1. Nega 3 oy o`tgach? Chunki ‘Million’ konsertiga hamma ham tushavermaydi, meni tanishlarim va qarindoshlarim ham albatta, bu bir xalqona bayram emaski, hamma darrov bilsa, o`zlariga bahoni ko`p berishmasin, bu Ozodbek Nazarbekov yoki Yulduz Usmonova konserti emaski undagi xitlar ertasidan xalqqa tarqalsa.
2. 3 oy o`tib endi onam bilgani ham shu bilan bog`liq, onam AQShda, internetga endi qo`yildi!
3. Piar men qilayotgan bo`lsam, meni diskim sotuvga chiqqani yo`q, hamma piar hozir aslida “Million” va uning diski foydasiga bo`lmoqda. Balki shu sabab Davron umuman mavzudan tashqari eshitgan qandaydir fisqu fasodlardan tuzilgan matn tuzib tarqatib yotibdi? Jangga tenglashgani ayol kishi va ma`murimdan tortib to kimni konsertiga tushishimgacha yiqqan mavzudan yiroq mish-mish bilan to`ldirgan o`sha matnida nima asos va nima mantiq bor?
4. Titrsiz repetisiya bo`lgan deb tan olgan Davron: Repetisiyaga qatnashgan degani bu bir oy yoki bir hafta va bir kun avval ham emas, chunki aslida Gulsanam Mamazoitova bilan chiqishayotgan edi, Gulsanam opaga ular o`zlarini istagan tarzdagi xazillariga kuch topa olmagani bois konsertni ikkinchi kuni meni taklif etishgan va faqat bir marotabagina titrsiz repetisiya qilingan va buni radioda o`zi tasdiqladi! Nega ikki xil gaplar? Davronni radiodagi gapi: https://www.youtube.com/watch?v=AuDCyRaJCJ0 tinglang! Repetisiya bir kun bo`lib va unda titr bo`lmagan bo`lsa nima deb o`zini oqlayapti yana?! Repetisiyada faqatgina meni bosh kiyimlarim bilan prikol qilish haqida menga aytilgan! Shunga ko`nganman! Jasur Umirovdan tortib to hamma gaplarni Davron o`zi tuzib berdi. Men konsertda chiqishimga ham roziligim faqat meni imidjim va boshimdagi narsalar prikoliga rozilik bo`lgan! Davron insof bilan bo`lsin! Nega shuni mard bo`lib tan olmayapsiz?! Uyat emasmi?! Nega kelishilmagan titr qo`yib yuborilgan? Konsert kunlari bir-ikki marta ekranga qarab undagi yozuvlarga unchalik axamiyat bermadim tushunmadim ham, chunki bu rejada bo`lmaganku. Ular yomon narsalarga shama ekanini bilmaganman.
5. Mavzudan umuman tashqaridagi yig`ib meni yana kamsitayotgan matningizga : Shahzodami boshqami hamisha hammani hurmatini joyiga qo`yib quruq qo`l bilan bormaganim ham muhokama bo`lgani yana bir bora shou-biznesda oqibat ortiqcha ekanini tasdiqlaydi. Lekin, har bir eshitgandim va tuyulgandir, degan narsani yozaversa... bu narsalar ayollarga xosroqmidi deyman. Biror narsa haqida taxmin yoki eshitgan ig`voni aytishdan avval uni tekshirish tugul odam sal fahm farosatini ishlatsa to`g`ri bo`lardi. O`zi uni nima aloqasi bor bu mavzuga? Taklifnoma sotib olib yana tashakkur deganimni eslay olmadim, mantiqsiz! Gaplar isboti bilan bo`lsin Davronbek, u mavzudan tashqari va g`iybat bo`lsa ham! Va umuman olganda, qaysidir bir san`atkor aytgandi: ‘Men konsertimga artistlarni taklifnoma berib ularni mashhurligi ortidan o`zimga reklama qilganimdan ko`ra, ular o`zlari chipta sotib olib kelganlari mana shu meni qo`llab-quvvatlagani va mening ular oldidagi hurmatim’ deb. Ilohim ‘Million’chilar kuni kelib shu darajaga etsinki, tekin taklifnoma tarqatib old qatorlarni mashhur chehralar bilan to`ldirishmasinu, u san`atkorlar hammasi chipta sotib olib kelib, yana gullar ham olib kelishsin.
Faqat kimlarnidir kamsitish orqali va yoki faqat uyatsiz mavzularga shama bilan konsert qo`ymay, xaqiqiy ijod bilan izlanib xalqona mavzuda el qalbidan joy olishsin. Choyxona auditoriyasi uchun emas, oila bilan ko`rib tan berishlik san`ati darajasida ustilarida ishlab rivojlana olishsin! Mana shunaqa ijodan katta kuchga erisha olishsin!
6. Turmush o`rtog`ini elga reklama qilmaydigan san`atkordan ko`ra bugungi kunda ko`z-ko`z qilib reklama qiladiganlari ko`pligi uchunam erim bormi,yo`qmi dolzarb mavzu ekani albatta, ayanchli. Qancha san`atkor berkitgan va bugungi kunda ham bola-chaqali bo`lib ketgan hamki erini ko`rmagansiz. Shu uchunam bu ShAXSIY hudud. Uzr, erim san`at olamidan bo`lganida u o`zini reklama qilishni istagan bo`larmidi. Kechirasizlar, endi erimni ma`murim qilib uni reklama qilib yurmaganimga.
7. Ilk ma`murim qamalib chiqqani sir emas va bu jinoyat ishini ko`p san`at olamidagilar guvoxi bo`lishgan. U o`zini aybini ham tan olgan. Men emas, u o`zini jinoyati uchun qamalgan. San`at olamida xuddi boshqa hech kimni ma`muri pulga tushirmaganam va u xonandalar ariza ham yozishmaganam. Uzr, katta pulga tushirib ketgan jinoyatchiga sotilgan uyimni kechirmaganim uchun. Uzr, u men va onamni o`sha vaqtlar uysiz ko`chada qoldirgani uchun arz qilganimga.
8. Erkak kishi san`atkormi yo masxarabozmi kuni ayollarni sahnaga olib chiqib kamsitib shu orqali pul topishdan asrasin! U erkakligini unutib qo`ymasin ekan!
Aytmoqchi bo`lganlarim shu edi. Hammaga e`tibor uchun rahmat. Ayolmanda uyim notinch bo`lgan payti emosiyada oilam buzildi, deb shoshib gapirvoribman. Mayli nima bo`lsa buyog`i peshonadan. Ayol kishi bilan olishish darajasiga borishni o`ziga ep ko`rmagan va maydagap bo`lib umuman boshqa g`iybatlardan foydalangan holda o`zini aybini yopishga harakat qilmaydigan mardlarga cheksiz hurmatim! Mard va jiddiy erkaklar bor bo`lsin xayotda! UZR!”