AsosiyDunyo

Barak Obama uni yig`lashga majbur qiluvchi narsalar haqida gapirdi

AQSh prezidenti Barak Obama ko`zini yoshlatuvchi narsalar haqida gapirdi. Bu haqda u CNN telekanali muxbiriga so`zlab berdi.

Siyosatchining so`zlariga ko`ra, uning ko`zlariga yosh keltiruvchilar bu uning qizlari va jamoasi.

“Men qizlarim haqida gapirganda yoki ularni ko`rganda ko`zim yoshlanishi mumkin. Bunga yana bir sabab—mening jamoam. 

2012 yilda saylovoldi kampaniyasi ofisiga kirdim va jamoamni ko`rdim, ular tirishqoqlik bilan ishlashar edi. Ular meni ilhomlantirgan edi. O`tgan yillar mobaynida biz bir,katta oilaga aylandik”,—deydi Barak Obama.

Obamaning aytishicha, jamoasining bir necha xodimlari uning ko`z o`ngida o`sib-ulg`aygan. Ular yillar mobaynida o`z ishining ustasiga aylangan, oila qurgan. Biroq Obama ulardan birontasi ham farzandlarini prezident sharafiga nomlamaganini ham xazil tariqasida aytib o`tgan.

“Ularning farzandlari xonamda emaklab yurishadi. Biroq ulardan birontasi ham farzandlariga Barak deb ism qo`ymadi. Bundan biroz xafaman”,—deydi prezident. 

8 noyabr kuni o`tkazilgan saylov natijalariga ko`ra, AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp bo`ladi. Prezident inaugurasiyasi 20 yanvarda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar