Hindistonning Mumbay shahridagi tumanlardan birida mahalliy milliy qahramon Shivadji sharafiga 192 metrli haykal qurish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi “Vesti”.
Haykalni bunyod etish uchun 530 million dollarga tushadi.
Bunday yirik loyihaga qarshi chiqayotganlar ham yo`q emas. ayrimlar mazkur baland haykalni barpo etishni xavfli deb hisoblaydi.
Arxitektorlarning rejasiga ko`ra, Shivadji haykali Myanmadagi dunyodagi eng uzun hisoblangan 116 metrli Budda haykalidan 76 metr balandroq bo`ladi.
Bundan tashqari, ulkan monument Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalidan 100 metr uzunroq bo`ladi.
Loyihaga qarshi chiqayotgan mutaxasislar, bitta haykalni yasash uchun yarim milliard dollar sarflash ahmoqlik ekanligini ta`kidlamoqda.