1

Kubada jamoat joylarini marhum prezident Fidel Kastro nomi bilan atash taqiqlandi

Dunyo 28.12.2016, 10:53
Kubada jamoat joylarini marhum prezident Fidel Kastro nomi bilan atash taqiqlandi

Kuba Respublikasi hukumati mamlakatdagi ko`chalar, xiyobonlar va boshqa jamoat joylarini marhum prezident Fidel Kastro nomi bilan atashni taqiqladi.

Shu tarzda amaldagi hukumat shaxsga sig`inish hollari kelib chiqishining oldini olmoqchi.

Kuba parlamenti bu haqdagi qonunni 27 dekabr, seshanba kuni tasdiqladi.

Kubada marhum prezidentning nomi bilan ko`cha va xiyobonlar nomlanmaydi, bunday tashqari hukumat rahbarlari Fidel Kastroning haykalini bunyod etishni ham taqiqladi.

Kubaning sobiq prezidenti Fidel Kastro 2016 yilning 26 noyabrida 90 yoshda vafot etdi.

2016 yilning 4 dekabrida mamlakatning amaldagi prezident Raul Kastro marhum prezident Fidel Kastro shaxsiga sig`inish holatlariga yo`l qo`ymaslikka va`da bergan edi. Sababi marhum prezidentning o`zi ham shaxsga sig`inish hollarini qoralagan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1