1

Qishning oltin ne`mati – mandarin

Salomatlik 28.12.2016, 14:51
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA, Yangi yil
Qishning oltin ne`mati – mandarin

1.    Surunkali tonzillit va angina qiynaganida har soatda iliq mandarin sharbatini oz-ozdan to tuzalib ketguncha ichish tavsiya etiladi.

2.    Yuqori harorat va shamollashda bir kunda 3-4 marta yarim stakan xona haroratidagi mandarin sharbatini iching. Istasangiz, sharbatga ozgina suv qo`shchangiz  ham bo`ladi.

3.    Ishtaha qochganda va oshqozon faoliyati buzilganda, parhez bilan birgalikda taomlanishdan 30 daqiqa oldin bir kunda 2-3 marta yarimta mandarinni tanovul qiling.

4.    Erta tongda och qoringa bir stakan mandarin sharbatini ichish bronxial astma va kuchli bronxitda yordam beradi.

5.    Gijjalarga qarshi kurashda dori vositalari bilan birgalikda 3 kun davomida, bir kunda 3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 1 stakan mandarin sharbati iching. Kechqurun esa oshqozondan gijjalarni tushirish uchun ichni yumshatuvchi doridan qabul qiling.

6.    Xolsizlanganda va tushkunlikka tushib qolganda bir nechta mandarin po`stini qopqoqli shisha idishga solib, bir kunda bir necha marta to`yib hidlang, idish qopqog`ini yopishni unutmang, aks holda mandarin hidi xavoga uchib ketadi. Har kuni po`stlarni yangilang.

7.    Yo`talda qurutilgan yoki yangi ezilgan 2 osh qoshiq mandarin po`stiga 1,5 stakan suv quyib, past olovda 5-7 daqiqa qaynating-da, 1 soatga damlab qo`ying. Damlamani iliq holda taomlanishdan 20 daqiqa oldin bir kunda 3-4 marta 2 osh qoshiqdan qabul qiling.

8.    Quruq yuzlar uchun mandarinli niqob. Po`stidan tozalangan mandarinni maydalab to`g`rab, 2 osh qoshiq yog`li smetana solib blenderda aralashtiring. Toza yuz va bo`yinga niqobni 20 daqiqaga surtib, so`ng iliq suv bilan yuvib tashlang. Yuzni oziqlantiruvchi ushbu niqobdan haftasiga  2-3 marta foydalanish terini yoshartiradi.

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1