AsosiyBU QIZIQ

3 iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi

“O‘zgidromet” 3 iyul, juma kuniga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

'3 iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi'ning rasmi

Toshkent shahrida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyati cho'l hududida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridahavo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar