AsosiyMutolaa

Kuling, umringiz uzayadi! Yangi yil hangomalari...

1.      «Salom, Qorbobojon! Menimcha, o`tgan yili «Sobalt» so`zini noto`g`ri yozgan ekanman, shekilli…»   

    

2.      1 yanvar tongi. Dorixonaga kelgan bolakaydan dorixonachi ayol so`rayapti:

— Sen ham dorilar ro`yxati bilan keldingmi?

— Ha, — shoshib javob berdi bolakay.

— Tushunarli, qog`ozchani ko`rsatmasang ham bo`ladi: bosh og`rig`ini qoldiruvchi  dori va faollashtirilgan  ko`mir.

 

3. — Dada toping-chi, qaysi poezd kech qolayapti?

— Qaysi biri bolam?

— Siz o`tgan Yangi yilda menga sovg`a qilmoqchi bo`lgan poezd-da, dada!

 

4.      31 dekabr, kechqurun.

— Oyijon, 11:30 da «Yangi yil! Yangi yil!» deb baqiraylik.

— Nima uchun, qizalog`im?

— Qo`shnilarimiz Yangi yil biznikiga oldinroq keldi, deb o`ylashsin.

 

5.      1 yanvar tongi. Mehmonga yo`l olgan uy bekasining uxlayotgan turmush o`rtog`iga xati: «Yangi yilingiz bilan! Ovqatlar muzlatkichda. Muzlatkich esa oshxonada».

 

6.      «Yangi yil! Yangi yil! Yangi yil!» vahimada baqirdi jigar.

 

7.      31 dekabr. Optimist «Yangi yil eski yildan-da yaxshi bo`ladi!» Pessimist: «Yangi yil eski yildan-da yomonroq  bo`ladi». Realist: «Obbo, yana to`yib ovqat eb qo`yaman…»

 

8.      Dugonalar suhbati:

— Yangi yilga erjoning nima sovg`a qildi?

— Pastda turgan qizil avtoulovni ko`rayapsanmi?

— Ha! Zo`r avtoulov ekan!!!

— Xuddi shu randagi sharf sovg`a qildi.

Boshqa yangiliklar