AQSh Mudofaa vazirligi Germaniyadagi harbiy kontingentni 5 ming nafarga qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, qaror Donald Tramp va Germaniya kansleri Fridrix Mers oʻrtasida Eron masalasi boʻyicha kelishmovchiliklar fonida qabul qilingan.
Hozirda AQShning Germaniyada 36 mingdan ortiq askari mavjud. Germaniya mudofaa vaziri bu qarorning kutilmagan holat emasligini bildirgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi postlarida Tramp Fridrix Mersni tanqid qilib, uning ishini “juda yomon” deb baholagan, shuningdek migratsiya va energetika masalalarida Germaniyada qator muammolar borligini aytgan.
U shu bilan birga AQSh qoʻshinlarini Italiya va Ispaniyadan ham olib chiqishni taklif qilgan.
Pentagon matbuot kotibi Shon Pernel bayonotida AQSh qoʻshinlari Germaniyadagi buyruq Pit Xegsetdan kelganini aytdi.






