AsosiyDunyo

Xitoy UNIFIL qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

Xitoyning elchisi BMT Xavfsizlik Kengashida UNIFILni Livandan olib chiqish qarorini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

'Xitoy UNIFIL qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi'ning rasmi

Uning ta'kidlashicha, Livandagi vaziyat hali ham barqaror emas, hududda Isroil havo hujumlari davom etmoqda, “Hizbulloh” esa raketa va dronlar bilan javob qaytarmoqda. Shuning uchun hozirgi sharoitda tinchlikparvar kuchlarni olib chiqish to'g'ri qaror bo'lmasligi qayd etildi.

Fu Kong BMTdan iyun oyida kutilayotgan yangi hisobotdan so'ng yakuniy pozitsiya bildirilishini ham ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, UNIFIL missiyasi so'nggi paytlarda katta yo'qotishlarga duch kelgan. Hujumlar natijasida bir necha tinchlikparvar xodimlar halok bo'lgan, yana bir necha kishi jarohat olgan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh bu hodisalarni qoralab, tinchlikparvarlar xizmat vazifasini bajarayotganda o'qqa tutilishini qabul qilib bo'lmasligini ta'kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qozog‘istonda stomatologiya markazida 20 yoshli yigit vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:17

    Qozog‘istonda stomatologiya markazida 20 yoshli yigit vafot etdi

    Xabarda aytilishicha, stomatolog bemorga allergiya sinovisiz dori yuborgan.

    'AQSh Germaniyadagi qo‘shinlar sonini qisqartirmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:47

    AQSh Germaniyadagi qo‘shinlar sonini qisqartirmoqchi

    Tramp va Mers Eron bilan bog‘liq masala yuzasidan kelib chiqqan siyosiy kelishmovchiliklar sabab AQSH Germaniyadan 5 ming askarni olib chiqadi.

    'Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:44

    Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatdi

    AQShda Tramp maʼmuriyati Eron bilan bogʻliq harbiy harakatlar 60 kunlik qonunchilik muddati tugashidan oldinroq yakunlanganini maʼlum qildi.

    'Falastin futbol rahbari FIFAni Isroilga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:27

    Falastin futbol rahbari FIFAni Isroilga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

    Falastin futbol rahbari Isroil aholi punktlari klublariga chora ko‘rish va qoidalarni teng qo‘llashni talab qilmoqda.

    'AQSh harbiy salohiyati tanqid ostida'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:26

    AQSh harbiy salohiyati tanqid ostida

    AQSh yiliga qarib 1 trillion dollar harbiy xarajat qilsa-da, zamonaviy urushlarga to‘liq tayyor emas.

    'Ўзбекистон ёшлари "Келажак муҳандислари" халқаро фестивали ғолибига айланди'ning rasmi

    Dunyo 01.05.2026 09:02

    Ўзбекистон ёшлари "Келажак муҳандислари" халқаро фестивали ғолибига айланди

    28-30 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 1 sentyabr kuni ShHTning Tyantszin sammitida ilgari surgan tashabbusi bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va boshqa mamlakatlardan 14 mingga yaqin yosh dasturchilarni birlashtirgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.