Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24–26 daraja, kunduzi 38–40 daraja bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, cho'l hududlarda ba'zi joylarda 30–33 darajagacha, kunduzi 38–43 daraja bo'ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 35–40 daraja bo'ladi.
Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo'ladi.
Muhim hodisalar: 11–13 iyul kunlari Toshkent, Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarining tog' oldi va tog'li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.






