28 dekabr kuni O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1966−2016 yillarda yashab, ijod qilgan xonadonda yodgorlik lavhasi o`rnatildi, deb xabar bermoqda O`zA.
Tadbir ishtirokchilari va adibning oila a`zolari atoqli shoir qabrini ziyorat qildi. Shoir qabriga gul qo`yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi, Qur`on tilovat qilindi.
O`zbek Milliy akademik drama teatrida O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan adabiy-badiiy kecha bo`lib o`tdi.
Tadbirda Erkin Vohidovning rafiqasi Gulchehra Vohidova atoqli shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish borasidagi yuksak e`zoz-e`tibor uchun Prezident Shavkat Mirziyoevga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Marosimda Erkin Vohidov sevgan va uning g`azallari bilan aytiladigan qo`shiqlardan iborat konsert namoyish etildi.





