AsosiyJamiyat

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o`n sakkizinchi sessiyasi bo`lib o`tadi

Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq, 2016 yilning 29 dekabr kuni soat 11.00da xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o`n sakkizinchi sessiyasi  o`tkaziladi.     

Sessiya kun tartibida Toshkent shahar mahalliy byudjetining 2016 yil 9 oylik ijrosi va 2017 yilga mo`ljallagan byudjeti parametrlari loyihasi, 2017 yil uchun mahalliy soliqlar va yig`imlar stavkalari, poytaxtni 2017-2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko`rsatkichlari prognoz dasturini tasdiqlash to`g`risidagi masalalar ko`rib chiqilishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, 2016 yil “Sog`lom ona va bola yili” davlat dasturining ijrosi to`g`risida, “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Chilonzor tumani hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ko`rib chiqiladi.

Bundan tashqari sessiya kun tartibida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash masalalari bo`yicha doimiy komissiyasining faoliyati, ba`zi geografik ob`ektlar nomlarini tartibga keltirish to`g`risidagi masalalar diqqat markazda bo`ladi.

Sessiya so`nggida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko`maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ishchi guruhining 2017 yilga mo`ljallangan ish rejasi tasdiqlanib, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va doimiy komissiyalarining 2017 yilga mo`ljallangan ish rejasini tasdiqlash to`g`risidagi boshqa masalalar ham ko`rib chiqiladi.

Boshqa yangiliklar