Bugun, 13 iyul kuni O‘zbekistonning olti hududida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
Sinoptiklarga ko‘ra, shamolning kuchayishi ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin.






