Madaniyat va sport sohasinining rivojiga munosib hissa qo`shib, samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar mehnatini rag`batlantirish hamda Vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarida sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida kecha poytaxtimizning "Sayohat” tantanalar majmuasida yil yakunlariga bag`ishlangan yangi yil tadbiri o`tkazildi. Unda shu soha rivojiga munosib ulushini qo`shgan faol xodimlarlarning bir guruhi Vazirlikning Diplom va qimmatbaho esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Jumladan,
"Madaniyat sohasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun”
Antonina Treshuk - Madaniyat va sport ishlari vazirligining sobiq san`at boshqarmasi bosh mutaxassisi
Gulchehra Oxunova - Sergey Borodin uy-muzeyi bosh xazinaboni-ijrochi direktori
Nozim Qosimov - O`zbekiston davlat konservatoriyasi o`quv ishlari bo`yicha prorektori
Go`zal Xoliqulova - O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti ilmiy ishlar bo`yicha prorektori
Alibek Kabdurahmanov - O`zbekiston milliy simfonik orkestrlar birlashmasi dirijyori
Gulmira Madrahimova - O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi "Navbahor” ashula va raqs ansambli bosh baletmeysteri
Svetlana Denisova - "O`zbeksirk” respublika birlashmasi bichuvchisi
Jaloliddin Qoraxonov - "Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi texnik bo`lim boshlig`i
Ramz Usmonov - Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri solisti, O`zbekiston xalq artisti
Konstantin Perashkov - O`zbekiston Davlat akademik rus teatri aktyori
Azza Bekmatova - O`zbekiston davlat drama teatri aktrisasi, O`zbekiston xalq artisti
Gulxumor Abdullaeva - O`zbekiston davlat satira teatri aktrisasi
Zinaida Solavey - O`zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri oliy toifali solisti, O`zbekiston xalq artisti
Sherzod Egamnazarov - O`zbekiston davlat yoshlar teatri aktyori
Malika Iskandarova - O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri rejissyori
Dilbar Ikromova - O`zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist
Muyassar Berdiqulova - O`zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi
Ma`rifat Ortiqova - Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri aktrisasi
Xotam Oxunov - O`zbekiston davlat qo`g`irchoq teatri rejissyori
Nazokat Narzieva - "Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr studiyasi aktrisasi
Islom Xudoyberdiev - "O`zbeknavo” estrada birlashmasi estrada san`atini rivojlantirish jamg`armasi direktori
Toir Qo`ziev - "O`zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist
"Sport sohasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun”
Atxam Yunusov - Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo`yicha respublika oliy sport mahorat maktabi direktori
Iskandar Jo`raev - Sport o`yinlari bo`yicha respublika oliy sport mahorat maktabi direktori
Umid Ahmadjonov - O`zbekiston milliy paralimpiya assosiasiyasi raisi o`rinbosari
Oybek Qosimov - O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi bosh kotibi
Akramjon Nizomitdinov - Yakkama-yakka kurash bo`yicha respublika oliy sport mahorat maktabi direktor o`rinbosari
Amir Sa`dulloev - Yakkama-yakka kurash bo`yicha respublika oliy sport mahorat maktabi yo`riqchi-uslubchisi
"Madaniyat va sport sohasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun”
Alisher Jamoldinov - Madaniyat va sport ishlari boshqarma boshlig`i
Shokir Madaminov - Xorazm viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig`i
"Sport sohasi rivojiga qo`shgan ulkan hissasi uchun”
Mirabror Usmonov - O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti
"Yilning eng faol sportchisi”
Xurshid Tojiboev - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi
"Yilning eng yaxshi sportchisi”
Hasanboy Do`smatov - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi, XXXI yozgi Olimpiada o`yinlari g`olibi.
Yilning eng yaxshi sportchisiga maxsus diplom hamda 10 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofotni Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov tantanali ravishda topshirdi.
Tabiiyki, tadbir o`yin-kulgilar bilan davom etdi. Bayram dasturxoni atrofiga jam bo`lgan Vazirlik va tizim tashkilotlarining rahbarlari, faol ishchi-xizmatchilari, O`zbekiston dovrug`ini dunyoga doston qilayotgan, ayniqsa, shu yilning yozida Braziliyada bo`lib o`tgan yozgi Olimpiada o`yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Hasanboy Do`smatov, Shahram G`iyosov, Fazliddin G`oyibnazarov, Ruslan Nurudinov, Murodjon Ahmadaliev, Rustam To`laganov, Rishod Sobirov, Elmurod Tasmurodov kabi sportchilarimiz Ozodbek Nazarbekov, Rayxon, Manzura, Shahzod, Ulug`bek Rahmatullaev, Munisa Rizaeva, Shahzoda, Alisher Fayz kabi elimizning suyukli xonandalarining kuy va musiqalariga raqsga tushishib, davraga yanada fayz kiritishdi.