Qutqaruvchilar Qora dengiz tubidan Tu-154 samolyoti halokatida qurbon bo`lgan 19 kishining jasadini suv tubidan olib chiqishdi, ulardan 17 nafari hamda barcha topilgan tana qoldiqlari maxsus reys bilan Moskvaga genetik ekspertizaga yuborildi.
29 dekabr kuni Tu-154 samolyot qoldiqlari qidiruv hududida ob-havo keskin yomonlashdi. Do`l aralash kuchli yomg`ir yog`di, shamol va to`lqinlar kuchaydi. Bularning barchasi suv chuqurligidagi qidiruv ishlarni qiyinlashtirmoqda, shu sababli hammasini vaqtincha to`xtatib turish qarori qabul qilindi. Qidiruv ishlarini kemalar davom ettirmoqda.
Eslatib o`tamiz, Suriyaga yo`l olgan Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-154 samolyoti Sochida qo`shimcha yoqilg`i quyilgandan so`ng parvoz amalga oshirish chog`ida 25 dekabr kuni tongda halokatga uchradi. Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot bortida 92 kishi bo`lgan. Yo`lovchilar orasida — sakkiz nafar harbiy, 64 nafar san`atkor, to`qqiz nafar Rossiya telekanallari xodimlari, bir nafar shifokor, va ikki nafar federal davlat xizmatchilari bo`lgan. Aviahalokatdan omon qolganlar yo`q.





