AsosiyJamiyat

Alisher Usmonov: “O`zbekistonga foyda keltiradigan hamma narsani qilishga tayyorman”

“Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Alisher Usmonov O`zbekistonning soliq rezidentiga aylanishga tayyorligini ma`lum qildi, shuningdek, mamlakatdagi loyihalarga investisiya kiritish va bu erda xayriya jamg`armasi tashkil qilish niyati haqida gapirib berdi, deb yozadi “Daryo” “Anons.uz”ga asoslanib.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi prezidenti lavozimidagi muddati tugaganidan so`ng, uni “kichik vatani”(O`zbekiston)ga chaqirishmasa, Rossiya soliq rezidenti maqomini qaytarib olishni rejalashtirmoqda.

“Mamlakat 25 yil davomida mustaqillik yo`li bo`ylab rivojlanib bordi, uni O`zbekistonning Birinchi Prezidenti boshqardi. Endi esa ulkan boshqaruv va davlat tajribasiga ega odam saylandi. Mening fikrimcha, u har qanday muammolarni echa oladi. Men o`zbek ekanligimdan faxrlanishimni ko`p bora aytganman. Bu mening ona erim ekanligidan faxrlanaman. O`zbekiston uchun, rahbariyat uchun foydali bo`lgan barcha narsani qilishga tayyorman. Doim va har qanday daqiqada. O`zbekistonga, uning xalqiga va prezidentiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, — dedi biznesmen.

O`zbekistonda investisiyalarni oshirish rejalari haqida berilgan savolga javoban: “Taklif qilingan joyga borish yaxshi. Men, boshqa investorlardan farqli ravishda, doim meni chaqirgan joyga boraman. Ungacha esa mendan so`rashgan narsa bilan yordam beraman. Albatta rejalashtiryapman. Albatta xohlayman. Kamida u erda xayriya jamg`armasi ochib, Moskvada qilayotgan loyihalarimni u erda ham amalga oshirmoqchiman. Buni albatta qilishga urinaman. Buning uchun ruxsat olaman”, — dedi.

“Iqtisodiyotga investisiya kiritishni rejalashtiryapsizmi?” — degan savolga esa Alisher Usmonov: “Iqtisodiyotga investisiya kiritish esa alohida mavzu, alohida ish, alohida hisob-kitob. Men doim tayyorman”, — deya javob berdi.

    Boshqa yangiliklar