AsosiyBU QIZIQ

Bugun ob-havo qanday bo'ladi?

Kunduzi havo harorati 40–45 darajagacha, janub va cho‘l hududlarda esa 48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

'Bugun ob-havo qanday bo'ladi?'ning rasmi

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 26–28 daraja, kunduzi 43–45 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 40–45 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24–29 daraja, cho'l hududlarda 33–35 darajagacha, kunduzi 43–48 daraja bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22–27 daraja, ba'zi joylarda 30 darajagacha, kunduzi 40–45 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 27–32 daraja, kunduzi 43–48 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 31–36 daraja bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar