1

Tishkavlagichni ibtidoiy odamlar ixtiro qilgani ma`lum bo`ldi

Dunyo 29.12.2016, 16:03
Tishkavlagichni ibtidoiy odamlar ixtiro qilgani ma`lum bo`ldi

Xalqaro olimlar guruhi ibtidoiy odam hisoblangan, bundan 1,2 million yil ilgari yashagan Homo antecessor larning tishkavlagichdan foydalanganini aniqladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Olimlar Ispaniyaning Sima del Elefante g`oridan topilgan ibtidoiy odamning jag` suyagini o`rganib, yuqoridagi xulosaga kelishdi.

Qaddini tik tutuvchi Homo erectus odamlarning avlodi bo`lgan Homo antecessor ning pastki jag`i tadqiqotchilar tomonidan 2007 yilda topilgan. Bu ibtidoiy odamlar hozirgi Ispaniyaning shimolida yashagan. Olimlar jag` suyagidagi tish qatlamlarini o`rganganda, ularning tarkibida kraxmal bo`lgan o`t-o`lanlar va xom go`sht bilan oziqlangani ma`lum bo`ldi. Antropologlar shuningdek, tishlar orasidan yog`och cho`p topishdi. Bu esa Homo antecessor ning daraxt novdasidan tishkavlagich sifatida foydalanganini isbotladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1