AsosiySport

Yangi yil sovg`asi: Odil Ahmedov "Shanxay SIPG" a`zosiga aylandi

O`zbekiston terma jamoasi sardori hamla Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi yarim himoyachisi  Odil Ahmedov o`z faoliyatini Xitoyning «Shanxay SIPG» klubida davom ettirdi.

“Krasnodar” rasmiy sayti Ahmedovning ketganini rasman tasdiqladi. Hozircha hamyurtimiz va Xitoy klubi o`rtasidagi kelishuv shartlari va muddati noma`lum.

Avvalroq transfer qiymati 7 million evro atrofida bo`lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ma`lumot uchun, Ahmedov joriy mavsumda Rossiya chempionatida 14 o`yin o`tkazib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

    Boshqa yangiliklar