1

“Kinder-syurpriz” kashfiyotchisi vafot etdi

Dunyo 31.12.2016, 15:25
“Kinder-syurpriz” kashfiyotchisi vafot etdi

Italiyada Ferrero kompaniyasi rahbarlaridan biri Uilyam Selis 83 yoshida Italiyaning Pavia shahrida yurak xurujidan vafot etdi.

U shokoladli tuxum shaklida sovg`a bilan chiqarilgan “Kinder-syurpriz”ni 1970 yillarda o`ylab topgan, shokolad 1974 yili sotuvga chiqarilgan. Shuningdek, Selis Ferrero Rocher shirinliklarini o`ylab topgan.

2007 yilda kashfiyotchi 400 ming evro mukofot olib nafaqaga chiqqan.

40 yil davomida Ferrero milliardlab “Kinder-syurpriz” sotgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1