YouTube kanalida 2 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag`dodda sodir bo`lgan portlash aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi, “Lenta.ru” nashri.
Terakt oqibatida 35 kishi halok bo`ldi, 10 dan ortiq odam tan jarohati oldi. Mazkur teraktni “Islom davlati” terrorchilik guruhi sodir etganligini tan oldi. Portlash Bag`dodning Madinat-es-Sadr tumanidagi maydonlardan birida ro`y berdi. Uni minalangan avtomashinada o`tirgan xudkush-terrorchi amalga oshirdi. Portlash Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Iroqqa qilgan tashrifiga to`g`ri keldi.





