2016 yilning 25 noyabr kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida aktrisa Shaxzoda Matchonova Omar ismli yigitga turmushga chiqdi. Shahzodaning to`yi ijtimoiy tarmoqlarda ancha paytgacha qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi.
26 noyabrdan bu to`y bilan bog`liq avvaliga gumonlar keyin esa g`alati xabarlar, ketidan esa umuman mantiqqa zid ma`lumotlar yog`ila boshladi.
Xususan, izohlarda odamlar kuyov haqida turli ma`lumotlar yoza boshladi. Ya`ni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Omar ismli yigit aslida Muzaffar ekanligi, hatto kuyovning eng yaqinlari ham to`y xaqida internetdan bilishganidan hayratda ekanliklarini yozgan.
Avvalroq aktrisa Shahzoda Matchonova bu kabi mish-mishlarga onasiga murojaat sifatida javob qaytargan edi.
2 yanvar kuni Shahzoda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga turmush o`rtog`i Omar bilan tushgan suratini joylashtirdi.
“Yangi yilingiz bilan, mehribon odamlar!”,—deya izohladi aktrisa suratni.
Shahzoda turmush o`rtog`i bilan tushgan surat turli xil izohlarga sabab bo`lishini istamagan shekilli, u rasmga izoh qoldirishni yopib qo`ydi.