Turkiya hukumati mamlakat ommaviy axborot vositalaridan Istanbul shahridagi tungi klubda yuz bergan teraktga oid ma`lumotlarni yoritmaslikni so`radi, deb xabar beradi “Vesti”.
Buning o`rniga turk telakanallari tinchlik marshini efirga uzatmoqda. U 1 yanvar, yakshanba kuni tunda terrorchi tomonidan 39 kishi otib tashlangan joyga yaqin bog`da o`tkazilmoqda.
Tergov-qidiruv ishlari haqida hozircha ko`p narsa ma`lum emas: polisiya hanuzgacha terrorchining shaxsini va ayni paytda qerda ekanligini aniqlay olmayapti.
Klubda bo`lganlarga qarata 180 martadan ko`proq o`q uzgach, terrorchi kiyimini almashtirib, qochib ketishga muvaffaq bo`lgan. Terrorchi quroldan barmoq izlarini o`chirganidan so`ng uni tungi klub oshxonasida qoldirgan.
Teraktga javobgarlikni DAISh terrorchilik guruhi o`z zimmasiga olgan.





