Yangi yil oqshomida Rossiyaning Xabarovsk o`lkasida yashovchi 29 yoshli erkakning ko`ziga mushak tegib, boshida portladi va halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Fojia Georgievka qishlog`ida sodir bo`ldi. Yangi yil mushakbozligida qatnashayotgan erkakning mushagi otilmay qolgan. U engashib, mushakni tekshirayotganda otilib ketib, ko`ziga tekkan va boshida portlagan.
Olgan tan jarohati tufayli erkak voqea joyida halok bo`lgan.